Янгиликлар
17
Adliya boshqarmasi rahbariyati tadbirkorlar bilan uchrashdi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Kamoljon Xalikov Boyovut tumani Bekat mahallasida joylashgan Erkin iqtisodiy zonada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, qonunchilikdagi yangiliklar, ayniqsa, intellektual mulk huquqlarini himoya qilishga doir masalalar batafsil tushuntirildi hamda tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qonunchilikda belgilangan imtiyoz va imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, tadbirkorlar o‘z faoliyatida duch kelayotgan muammo va takliflarini bayon qilishdi hamda ular bo‘yicha tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.
Mazkur uchrashuv tadbirkorlarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda ularning faoliyatida qonun ustuvorligini ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.