Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

OLIS HUDUD AHOLISI SAYYOR XIZMATDAN MAMNUN


Mirzaobod tuman adliya bo‘limi tomonidan PF-80-sonli Prezident farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tumaning olis hududlaridan biri bo‘lgan “Bahoriston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholining kundalik huquqiy muammolari o‘rganildi.

Tadbir davomida yashirin iqtisodiyotning oldini olish, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish, energiyani tejash, uy-joy kadastri bilan bog‘liq masalalar, my.gov.uz portali orqali davlat xizmatlaridan foydalanish, firibgarlik jinoyatlarining oldini olish, elektron raqamli imzodan to‘g‘ri foydalanish, kredit tarixiga cheklovlar qo‘yilishi va kiberjinoyatlarning oldini olish masalalari bo‘yicha aholiga, ayniqsa tadbirkorlik subyektlariga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbir doirasida sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Bu esa olis hudud aholisiga yanada qulaylik yaratdi.