Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

"Siyosiy-huquqiy bilimlarni mustahkamlash - demokratik jamiyat poydevori" loyihasi doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi


"Adolat" sosial-demokratik partiyasi Guliston shahar Kengashi va Guliston shahar adliya bo‘limi hamkorligida “Siyosiy-huquqiy bilimlarni mustahkamlash — demokratik jamiyat poydevori” loyihasi doirasida siyosiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda partiya faollari, huquqshunoslar, o‘qituvchilar, talabalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Unda mamlakatimizda siyosiy faollikni oshirish, huquqiy madaniyatni yuksaltirish, aholi, ayniqsa yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama etildi.

Tadbir davomida Prezident Sh.Mirziyoyevning O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha vakillari ishtirokida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi mazmuni va unda bildirilgan muhim tashabbuslar haqida ham ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.