Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Xovos tuman adliya bo'limi faoliyati o'rganildi


Sirdaryo viloyati adliya tizimida quyi tuzilmalar faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rganish maqsadida boshqarma boshlig‘ining birinchi o'rinbosari Kamoljon Xalikov Xovos tuman adliya bo‘limi faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida dastlab adliya, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, davlat xizmatlari markazi, FHDY organida aholiga xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza, energotejamkor resurslardan foydalanish va mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Shundan so‘ng xodimlar bilan suhbatlashib, huquqiy va davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi hamda o'rganish jarayonida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan o'z tavsiyalarini berdi.