Янгиликлар
17
“Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy ko‘mak” aksiyasi doirasida Guliston tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
Adliya vazirligi tashabbusi bilan 2025-yil 10–25-sentabr kunlari mamlakatimiz bo‘ylab “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy ko‘mak” aksiyasi o‘tkazilmoqda. Aksiya doirasida fuqarolarning muammolarini o‘rganish, ularni qiynayotgan masalalarga huquqiy yechim topish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
Shunday qabullardan biri Guliston tumanidagi A.Yassaviy mahallasida bo‘lib o‘tdi. Unda 50 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Asosan, ijtimoiy yordam, bandlik, uy-joy, pensiya va nafaqa tayinlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish, yuridik hujjatlarni rasmiylashtirish kabi masalalarda murojaatlar bildirildi.
Qabulda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etib, murojaatlar joyida ko‘rib chiqildi. Bir qator masalalar ijobiy hal etilgan bo‘lsa, ayrimlariga huquqiy maslahatlar berildi va tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Murakkab masalalar esa alohida nazoratga olindi.
Mazkur aksiya orqali fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, hech kim e’tibordan chetda qolmasligini ta’minlash maqsad qilingan.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati