Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

“Huquqiy mahalla” loyihasi amalda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ma’muriy islohotlarga oid farmonini hayotga tatbiq etish maqsadida Sardoba tumanidagi "Yurtdosh" mahallasida tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan mahalladagi fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazildi.

Uyma-uy yurib, aholi bilan suhbatlashilib, maxsus anketa-savolnomalar orqali fuqarolarning huquqiy muammolari o‘rganildi.

Jarayonda yoshlar, ayollar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar, kommunal xizmatlar, mehnat huquqi va boshqa yo‘nalishlardagi savollar yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.