Янгиликлар
08
Davlat xizmatlari aholiga yanada yaqin
Aholiga davlat xizmatlarini tezkor, qulay va ochiq tarzda yetkazish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va mavjud muammolarni joyida hal etish maqsadida Sirdaryo tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan Ahillik mahallasida navbatdagi sayyor xizmat tashkil qilindi.
Tadbir davomida fuqarolarning davlat xizmatlari bo‘yicha murojaatlari qabul qilinib, ularning ehtiyojlariga mos xizmatlar ko‘rsatildi. Shuningdek, aholiga turli huquqiy masalalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilib, berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.