Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Sirdaryoda NNTlar bilan hamkorlikni raqamlashtirish va kuchaytirish yo‘lida



Sirdaryo viloyatida Adliya vazirligi xodimlari ishtirokida nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT) faoliyatini raqamlashtirish va davlat idoralari bilan “ijtimoiy sheriklik” asosidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha Sirdaryo viloyati tajribasini joriy etish ishlari olib borilmoqda.

Xizmat safari doirasida:
▪️ NNTlar bilan yuzma-yuz muloqotlar tashkil etildi;
▪️ “Biz birgamiz” ijtimoiy loyihasi doirasidagi mahsulotlar yarmarkasi final bosqichi kuzatildi;
▪️ Sardoba va Boyovut tumanlaridagi ijtimoiy buyurtmalar hamda xorijiy grantlar asosida amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishildi.

Mazkur tashrifning asosiy maqsadi – NNT sohasida uchrayotgan tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, NNT faoliyatiga oid funksiyalarni raqamlashtirish hamda davlat organlari bilan samarali hamkorlikni kuchaytirishdan iborat.