Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Tadbirkorlarga brendlarini qonuniy himoya qilish yo‘llari tushuntirildi


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida Adliya vazirligi mas’ullari va tadbirkorlar ishtirokida brendlarni tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi va afzalliklariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda o‘z brendlarini himoya qilish va bu orqali mahsulotlarni noqonuniy foydalanish va nusxa ko‘chirishdan himoya qilish, shuningdek, patent vakillari faoliyati, ularning huquq va majburiyatlari hamda tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar haqida ma'lumotlar berildi.

Bundan tashqari, mas’ullar Guliston shahar davlat xizmatlari markazida bo‘lib,  “key-turn” talablari asosida tadbirkorlarga o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazishda birlamchi yordam berish davomida e‘tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar haqida tushuntirishlar berishdi.