Янгиликлар
07
MULK HUQUQINI E'TIROF ETISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan tadbir “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini tashkil etish masalalari muhokamasiga bag'ishlandi.
Unda adliya organlari mas’ullari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida mazkur Qonun kuchga kirgan paytdan boshlab hozirgi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar holati tahlil qilinib, o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan uy-joylariga bo'lgan huquqlari rasman e'tirof etish bo‘yicha tashkiliy ishlarni yanada jonlantirish yuzasidan aniq yo‘nalish va zarur tavsiyalar berildi.