Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Mirzaobod tumanida joylashgan “Navro‘z” kichik sanoat zonasi hamda Yoshlar iqtisodiy zonasida intellektual mulk ob’yektlarini muhofaza qilishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi


Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk huquqlari himoyasi boshqarmasi boshlig‘i B. Ro‘ziyev, bosh maslahatchi A. Dehqonov, viloyat adliya va soliq boshqarmalari mas’ullari hamda tumandagi faol tadbirkorlar va ishbilarmon yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda intellektual mulk tushunchasi, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, sanoat namunasi, ixtirolar, shuningdek kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish mexanizmlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida tovar va xizmat ko‘rsatish belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, ularni himoya qilishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan amaliy tavsiyalar taqdim etildi.