Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

"HUQUQIY MAHALLA"DA MUAMMOLAR O'RGANILDI


“Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida Xovos tuman adliya bo‘limi tomonidan “Obod turmush” mahalla fuqarolar yig‘inida xonadonma-xonadon yurishlar tashkil etildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, shuningdek, ularni qiynayotgan dolzarb muammolarni joyiga chiqqan holda aniqlab, yechimiga amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

Adliya bo‘limi mas’ullari tomonidan uyma-uy yurishlar davomida mehnat va ijtimoiy ta’minot, kadastr, aliment undirish, pensiya tayinlash, subsidiya ajratish, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, notarial xizmatlar, yer va mulk masalalari bo‘yicha murojaatlar ko‘plab qayd etildi. Ushbu murojaatlar “Huquqiy mahalla” platformasiga kiritilib, belgilangan muddatlarda huquqiy yechimi ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.