Янгиликлар
06
Sirdaryoda ijro intizomini mustahkamlashga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasidan Moxir Karimov va Adliya vazirligidan Jamshid Boboyev hamda hududdagi davlat organlari va tashkilotlarning mazkur yo‘nalishga mas’ul vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-son Farmoni bilan joriy etilgan ijro intizomini nazorat qilishning yangi mexanizmlari, xususan, ijro intizomini nazorat qilishda “Ijro.gov.uz” elektron tizimining imkoniyatlari, davlat topshiriqlarining bajarilishini raqamli tarzda kuzatish va nazorat qilish tartibi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.