Янгиликлар
06
Sayxunobodda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o'tkazildi
Sayxunobod tumanida “Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” huquqiy aksiyasi doirasida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tuman adliya bo‘limi, hokimlik, prokuratura hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazi hamkorligida o‘tkazilgan mazkur tadbirda ishsiz fuqarolar, probatsiya ro‘yxatida turganlar va harbiy xizmatdan qaytgan shaxslarning bandligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratildi.
Mehnat yarmarkasida 100 ga yaqin fuqarolar qatnashdi. Ulardan 10 nafari mehnat bozorida o'ziga munosib ish topgan bo'lsa, 20 nafardan ziyod fuqarolarga mehnat qonunchiligi bo'yicha huquqiy maslahatlar berildi, shuningdek, 7 nafar fuqaro kasb-hunar o‘quv kurslariga yo‘naltirildi.