Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” – e’tibor va g‘amxo‘rlik har bir fuqaroga!


Bugun Sardoba tumani FHDY bo‘limi tomonidan navbatdagi xayrli ish amalga oshirildi.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yo‘qotgan yoki mavjud bo‘lmagan fuqarolarga qayta guvohnoma berish, ularning huquqiy maqomini tiklash – bu hayotiy zaruratdir. Shu sababli, "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi asosida fuqarolarimizga  tezkor xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

Fuqaro Sh.Qo'qanovaning  murojaati asosida, farzandi A.Qo'lmamatovni tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi yo‘qolganligi sababli, unga takroriy guvohnoma rasmiylashtirilib topshirildi.

Har bir fuqaroning huquqiy hujjatlar bilan ta’minlanishi – bu ularning konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, jamiyatdagi tenglikni mustahkamlash demakdir.