Янгиликлар
05
Huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Guliston tuman soliq inspeksiyasida huquqiy targʻibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida xodimlarga “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni, shuningdek, PQ-1, PQ-937 va PQ-133-sonli qarorlarning mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Mazkur tadbirda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga huquqiy javoblar berildi, qarorlar ijrosi yuzasidan amaliy tavsiyalar ham taqdim etildi.