Янгиликлар
05
Fuqarolarga bepul huquqiy yordam koʻrsatildi
Boyovut tuman adliya bo‘limi hamda O‘zbekiston "Adolat" sotsial demokratik partiyasi Boyovut tuman Kengashi hamkorligida “Beruniy”, “Sohil” va “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi, “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning huquqiy muammolari tinglanib, ularga zarur yuridik maslahatlar berildi.
Shuningdek, Davlat xizmatlari markazi tomonidan bir qator sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilib, aholi murojaatlariga joyida yechim topishga harakat qilindi.