Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Yoshlar oilaga tayyorlanmoqda


Sardoba tumani FHDY bo‘limi hamda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi hamkorligida oila institutini mustahkamlashga qaratilgan navbatdagi o‘quv-amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.

Ushbu mashg‘ulotda yoshlarga oila va nikohning fuqarolik-huquqiy asoslari, oila qurishda psixologik tayyorgarlikning ahamiyati, ota-onalik mas’uliyati va farzand tarbiyasidagi yondashuvlar kabi mavzularda tushunchalar berildi.

Ishtirokchilarga amaliy maslahatlar, huquqiy yo‘riqnoma va tavsiyalar taqdim etildi.

Mashg‘ulot yakunida  markazni tamomlagan yoshlarga sertifikatlar topshirildi.