Янгиликлар
04
“Biz - korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida davra suhbati o'tkazildi
Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida “Biz - korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda Adliya boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i Sirojiddin Qo‘ziyev ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Suhbat davomida korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, uning huquqiy oqibatlari batafsil tushuntirildi.
Ta’kidlanganidek, bu illatga qarshi kurashishda har bir fuqaroning faolligi muhim.
Muloqot davomida ma’ruzachilar tomonidan korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, shaffoflikni ta’minlash hamda halollik tamoyillarini mustahkamlash yuzasidan keng ma’lumotlar berildi.