Янгиликлар
04
Mening mahallamda jinoyatchilik bo‘lmaydi
Shirin shahar adliya bo‘limi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Do‘stlik mahallasida uyma-uy yurib profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda aholi vakillariga jinoyat sodir etish oqibatlari, jazoning muqarrarligi, hamda fuqarolarning qonuniy huquq va majburiyatlari haqida batafsil huquqiy tushunchalar berildi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar, oilaviy nizolar, ishsizlik va ma’naviy tarbiyaning yetishmasligi kabi omillar muhokama qilindi.
Maqsad — jinoyatchilikning oldini olish, huquqiy ong va madaniyatni oshirishdan iborat bo‘ldi.