Янгиликлар
04
Mirzaobod tumanida tadbirkorlarga huquqiy yordam ko‘rsatildi
Mirzaobod tuman adliya bo‘limi tomonidan “Tadbirkorga huquqiy yordam” tamoyili asosida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
“M.Ulug‘bek” mahallasida o‘tkazilgan mazkur tadbir davomida mahallada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning kundalik faoliyatida duch kelayotgan huquqiy muammolari o‘rganildi hamda ularga amaliy ko‘mak berildi.
Xususan, hufiyona (soya) iqtisodiyotining oldini olish, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurash, energiyani tejash bo‘yicha qonunchilik talablari, shuningdek, my.gov.uz elektron portali orqali davlat xizmatlaridan foydalanish va uning qulayliklari, firibgarlik jinoyatlarining oldini olishda elektron raqamli imzodan foydalanishning ahamiyati haqida batafsil tushunchalar berildi.
Muloqotlar mobaynida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.