Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berildi



O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining “Huquqiy ko‘mak” loyihasi doirasida Guliston shahar adliya bo‘limi bilan hamkorlikda Guliston shahridagi “Namuna” mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.

Ushbu tadbir “Namuna”, “Bag‘ishamol” va “Sayqal” mahallalarida istiqomat qiluvchi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar uchun o‘tkazilib, sayyor qabul davomida 15 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi.

Fuqarolarning mehnat qonunchiligi, oilaviy munosabatlar, fuqarolik ishlari, ijtimoiy himoya, sud-huquq, yer, uy-joy va kommunal sohalardagi muammolari bo‘yicha batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi hamda bepul yuridik yordam ko‘rsatildi.

Mazkur tadbirning aholining huquqiy xabardorligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga aniq va manzilli yordam ko‘rsatishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.