Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Fuqarolarning meros ishi bilan bog'liq muammolari o'rganildi


Guliston shahar “Yuksalish” hamda “Bahor” mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida “Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida joylarda istiqomat qiluvchi fuqarolarga turli yo‘nalishlarda huquqiy tushuntirishlar berildi. Xususan, “Yuksalish” mahallasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mazkur mahallada yashovchi 5 nafar fuqaroning meros ishlari bilan bog‘liq savollari xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius M.Xudoyberdiyeva ishtirokida ko‘rib chiqilib, tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.

Tadbirning asosiy maqsadi aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, fuqarolarni o‘z huquq va majburiyatlari to‘g‘risida xabardor qilish hamda muammoli masalalarni joyida hal etishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.