Янгиликлар
04
Sayxunobodda mehnat qonunchiligi bo‘yicha seminar tashkil etildi
Sayxunobod tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimidagi maktablarning kadrlar bo‘yicha menejerlariga seminar tashkil etildi.
Seminarda mehnat qonunchiligi, xususan, kadrlar bilan ishlashda amal qilinishi lozim bo‘lgan mehnatga oid huquqiy normalar, shuningdek, yaqinda kuchga kirgan yangi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Qizg‘in ruhda o‘tgan tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.