Янгиликлар
30
Terakzorda sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi
Guliston tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan Terakzor mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan filialda aholiga bir qator davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Shu bilan birga, fuqarolarga davlat xizmatlaridan qanday foydalanish, elektron platformalar orqali ariza topshirish tartiblari hamda interaktiv xizmatlardan samarali foydalanish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
- Bugun kerakli xizmatlardan foydalandim. Oldin bilmagan edim, endi telefon orqali my.gov.uz orqali qanday ariza topshirish, qanday xizmatlar borligi haqida tushunarli qilib tushuntirishdi. Buning uchun alohida rahmat aytaman, - deydi fuqaro N.Mansurova.
Ushbu tadbir aholiga qulaylik yaratish va davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida tashkil etildi.