Янгиликлар
30
“Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” huquqiy aksiyasi doirasida “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Sardoba tuman Adliya bo‘limi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir ishsiz fuqarolar, ayniqsa yoshlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun munosib ish o‘rinlarini topish, ularning mehnat huquqlari bo‘yicha huquqiy savodxonligini oshirishga qaratildi.
Yarmarkada Adliya bo‘limi, FHDY, YXKM va Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan fuqarolarga davlat va huquqiy xizmatlari ko‘rsatilib, ular tomonidan bildirilgan savollarga javoblar berildi.
Shuningdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda monomarkazda o‘qiyotgan 3 nafar yosh mutaxassis tumandagi tikuvchilik korxonasiga ishga joylashtirildi.
Tadbir davomida mehnat huquqlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. Davlat xizmatlarining bir qator turlari joyida ko‘rsatilib, Adliya bo‘limi tomonidan fuqarolarning boshqa murojaatlari ham qabul qilinib, ijroga qaratildi.