Янгиликлар
30
“Yagona portal – sizning xizmatdoshingiz” marafoni
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholining davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Yagona portal – sizning xizmatdoshingiz” mavzusida targ‘ibot marafoni o‘tkazildi.
Unda fuqarolarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali – my.gov.uz orqali taqdim etilayotgan elektron xizmatlar haqida batafsil tushunchalar berildi. Jumladan, portaldan foydalanish tartibi, ro‘yxatdan o‘tish bosqichlari, xizmatlardan qanday foydalanish jarayonlari amaliy tushuntirildi.
Tadbirlar davomida aholiga portalning qulayliklari – uydan chiqmasdan davlat xizmatlaridan foydalanish, vaqt va mablag‘ tejalishi, shaffoflik va ochiqlik tamoyillari asosida xizmat ko‘rsatishning afzalliklari haqida axborotlar berildi.