Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Sirdaryo tumanining Yoshlik mahallasida “Adliya kuni” tadbiri o‘tkazildi


Sirdaryo tumanidagi Yoshlik mahallasida “Adliya kuni” tashkil etildi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi – fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, mavjud muammolarini joyida o‘rganish hamda ularni qonunchilik doirasida hal etishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir doirasida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Bobur Nazarov boshchiligida sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan ko‘plab muammoli masalalar, jumladan, yer ajratilishi, mulk huquqi, aliment undirish, meros masalalari, ijro harakatlari, bandlik va ijtimoiy ta’minot bilan bog‘liq murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat alohida o‘rganilib, tegishli tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda joyida huquqiy tushuntirishlar berildi va amaliy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, “Xodimlarning mehnat huquqlari” aksiyasi doirasida ishga tiklash, ish haqi va mehnat shartnomalariga oid murojaatlar ko‘rib chiqildi. Aholining bu boradagi savollariga adliya tizimi, Bandlik boshqarmasi mutaxassislari tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Ayniqsa, tashkil etilgan mehnat yarmarkasi aholining e’tiborini tortdi. Bu yarmarka orqali ishsiz fuqarolar, yoshlar, xotin-qizlar va probatsiya nazoratida turgan shaxslar uchun mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilib, joyida suhbatlar o‘tkazildi. Yarmarka natijasida o‘nlab fuqarolar ish bilan ta’minlash bo‘yicha tashkilotlar bilan kelishuvga erishdi.

Tadbir davomida mahalla hududida yashovchi aholiga qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar, jumladan, yangi qabul qilingan qonunlar, ijtimoiy sohadagi imtiyozlar, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida huquqiy axborotlar berildi.

Shuningdek, yoshlarga oid jinoyatlarning oldini olish, ijtimoiy faollikni oshirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish maqsadida yoshlar bilan alohida suhbatlar tashkil etildi. Ularga ta’lim, bandlik, tadbirkorlik va huquqiy himoya borasida zarur ma’lumotlar berildi.

Xulosa o'rnida aytganda, mazkur tadbir nafaqat muammolarni aniqlash va hal etish, balki aholining huquqiy bilimini oshirish, ularga amaliy yordam ko‘rsatishda ham beqiyos ahamiyatga ega bo'ldi.