Янгиликлар
27
Sardoba tuman adliya bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Kamoljon Xalikov tomonidan Sardoba tuman adliya bo‘limi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida aholining huquqiy muammolarini o‘rganish, murojaatlarga o‘z vaqtida va asosli yechim topish, huquqiy maslahatlar berish amaliyoti ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, PF–80-son Farmonda belgilangan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratilib, huquqiy va davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Yakunda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi va tegishli topshiriqlar berildi.