Янгиликлар
27
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida ma’rifat soati tashkil etildi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida «Yoshlarning ma’naviy qiyofasi: axloq-odob va kiyinish madaniyati» mavzusida ma’rifat soati o‘tkazildi.
Tadbirda Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi pedagog kadrlarni kasbiy rivojlantirish shoʻbasi boshlig‘i Zulfiya Ne’matova ishtirok etib, yosh avlodning ma’naviy tarbiyasi, axloqiy fazilatlarini yuksaltirish, jamoat joylarida o‘zini tutishi va kiyinish madaniyati bo‘yicha muhim fikr va mulohazalarini bildirdi.
Ma’rifat soati ishtirokchilari yoshlarni tarbiyalashda fuqarolik mas’uliyatini oshirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini singdirish va sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.