Янгиликлар
27
Adliya va OAV hamkorligi e’tirof etildi
27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyat Adliya boshqarmasida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatda faoliyat yuritayotgan bir guruh ijodkorlar munosib taqdirlandi.
Adliya boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Zoxidov barcha ijod ahlini kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, so‘z erkinligi va axborot shaffofligini ta’minlashda, shuningdek, adliya organlari faoliyatini yoritishda jurnalistlarning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi.
Tadbir davomida huquq sohasidagi yangiliklarni xolis va faol yoritib kelayotgan bir qator jurnalist va blogerlarga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.