Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Bolalar oromgohida targ'ibot


Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan yoshlar bilan muntazam ravishda uchrashuvlar, seminarlar va ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Yozning qizg‘in kunlarida TDYU professor-o‘qituvchilari Sirdaryo viloyatiga xizmat safariga borib, bu yerda joylashgan bolalar yozgi oromgohlarida navbatdagi loyihani amalga oshirishmoqda. Ushbu loyiha doirasida Sirdaryo bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohida qiziqarli va mazmunli tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida bolalar va o‘smirlar bilan samarali suhbatlar olib borildi, huquqiy mavzudagi interaktiv va intellektual o‘yinlar o‘tkazildi, sport mashg‘ulotlari tashkil etildi. Bu faoliyatlar yosh avlodning nafaqat bilim va dunyoqarashini boyitdi, balki ularning jismoniy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qildi.