Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Guliston tuman adliya bo‘limi faoliyati o‘rganildi


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Zoxidov Guliston tuman adliya bo‘limi faoliyatini o‘rganish maqsadida joyiga chiqdi. O‘rganish davomida bo‘limda yaratilgan mavjud sharoitlar, xodimlar uchun ish muhitining holati, moddiy-texnik baza va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi ko'zdan kechirildi.

Shuningdek, davlat va huquqiy xizmatlar ko‘rsatish sifati, aholiga tezkor va qulay xizmatlar taqdim etilishi holati tahlil qilindi. O‘rganish davomida Prezident farmon va qarorlarining ijrosiga, xususan, PF-80, PQ-1, PQ-133-sonli hujjatlarda belgilangan vazifalarning bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, xodimlarning kasbiy tayyorgarligi, aholi murojaatlari bilan ishlash tartibi hamda huquqiy targ‘ibot ishlari samaradorligi ko‘rib chiqildi.
Yakunda aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar belgilandi.