Янгиликлар
25
Yangiyer shahrida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga tantanali tarzda guvohnomalar topshirilmoqda
Aholiga qulaylik yaratish, davlat xizmatlarini yanada yaqinlashtirish va fuqarolarning huquqiy hujjatlarga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida Yangiyer shahar FHDY bo‘limi tomonidan sayyor xizmatlar tashkil etilmoqda.
Shu maqsadda navbatdagi tadbir Yangiyer shahar tug‘ruq kompleksida o‘tkazildi. Ushbu tadbir doirasida Oybekovlar oilasining yangi a’zosi – Oybekova Halima To‘ychibek qizining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi tantanali tarzda topshirildi.
Guvohnomaning shifoxonaning o‘zida topshirilishi ota-onada katta quvonch uyg‘otdi. Ular ushbu qulaylik uchun o‘z minnatdorligini bildirdi.