Янгиликлар
25
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida aholiga huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda
Guliston shahar Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida joylarda aholining huquqiy hujjatlar bilan to‘liq ta’minlanganligini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Aksiya davomida shahar bo‘ylab o‘tkazilgan monitoring va uyma-uy yurishlar natijasida fuqaro Sh. Abdullayevaning tug‘ilganlik guvohnomasi yo‘qolganligi aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan Guliston shahar FHDY bo‘limi xodimlari tomonidan qonuniy tartibda hujjatlar yig‘ib olindi va tezkorlik bilan tegishli tartibda takroriy tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma rasmiylashtirib berildi.