Янгиликлар
25
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida muammo bartaraf etildi
Xovos tumanida “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida fuqarolarning huquqiy muammolarini hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xovos tumani Afrosiyob mahallasida yashovchi Xasanovlar oilasining muammosi endi ortda qoldi. 2024-yil Yangiyer shahrida tug‘ilgan farzandining tug‘ilganlik haqidagi dalolatnomasidagi yozuvlarda kerakli o‘zgartirishlar kiritildi.
Xovos tumani 1-son FHDY bo‘limi va Yangiyer shahar FHDY bo‘limi hamkorligida, yangi JSHSHIR raqami biriktirilib, fuqaroga takroriy guvohnoma rasmiylashtirib berildi.