Янгиликлар
25
“Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” huquqiy aksiyasi doirasida tadbiro‘tkazildi
Xovos tuman Yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasida “Mehnat qonunchiligi: muammo va yechimlar” mavzusida “Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” huquqiy aksiyasi doirasida targ'ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ish beruvchi va xodimlarda qonunlarga hurmat va ularga rioya qilish ruhini shakllantirish masalalari muhokama qilindi hamda ish beruvchi va xodimlarni qiynayotgan dolzarb huquqiy muammolar yuzasidan fikr almashilib, ularning yechimlari ko‘rib chiqildi.Bundan tashqari mahkumlar bilan sayyor qabul o'tkazilib ularning huquqiy moammolari o'rganildi.
Yakunda mehnat qonunchiligi hamda hayotiy dolzarb masalalar yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga adliya bo‘limi xodimlari tomonidan batafsil tushuntirish berildi.