Янгиликлар
25
Mening mahallamda jinoyatchilik bo'lmaydi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-sonli qarori ijrosini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va fuqarolarning huquqiy ongini oshirish maqsadida Sirdaryo tuman adliya bo‘limi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Xazina mahallasida navbatdagi profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida jinoyat sodir etish oqibatlari, jazoning muqarrarligi tamoyili, shuningdek, fuqarolarning qonuniy huquq va majburiyatlari haqida batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi. Qonun hujjatlari asosida olib borilgan izohlar aholining e’tiborini tortdi va turli yuridik savollarga adliya xodimlari tomonidan javoblar qaytarildi.
Mazkur tadbirda jinoyatchilikka olib keluvchi omillar, ayniqsa yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar, oilaviy nizolar, ishsizlik va ma’naviy tarbiyaning yetishmasligi haqida ham fikr almashildi.