Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Mirzaobod tuman adliya bo‘limi faoliyati o‘rganildi


Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Kamoljon Xalikov Mirzaobod tuman adliya bo‘limi xodimlari bilan uchrashuv va suhbat o‘tkazdi.

Suhbat davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar, xususan, Prezident farmon va qarorlarining ijrosi — PF-80, PQ-1, PQ-133-sonli hujjatlarda belgilangan vazifalar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, Adliya, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi,  Davlat xizmatlari markazi, FHDY organining faoliyati, ularning aholiga ko‘rsatayotgan xizmatlari samaradorligi muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy va davlat xizmatlarini sifat jihatdan yaxshilash, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish yuzasidan tavsiya va vazifalar belgilandi.