Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Sayyor davlat xizmati: Intilishda qulaylik yaratildi


Sirdaryo tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan Intilish mahallasida aholi uchun sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Tadbir davomida mahalla aholisi davlat xizmatlarini o‘z joyida, qulay va tezkor tarzda olish imkoniga ega bo‘ldi.

Sayyor xizmatlar doirasida tug‘ilganlik, nikoh va o‘lim to‘g‘risidagi guvohnomalarni rasmiylashtirish, avtotransport vositalariga ishonchnoma berish, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boshqa rasmiy hujjatlarni tayyorlash, elektron raqamli imzo berish bo‘yicha 20 ga yaqin xizmatlar ko‘rsatildi.

Shuningdek, aholiga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va boshqa elektron resurslar orqali foydalanishning afzalliklari haqida tushunchalar berildi.