Янгиликлар
24
Oqoltin tumanidagi Toshkent mahallasi "Huquqiy mahalla" sifatida tanlangan
2025-yil iyun oyida Oqoltin tumanining Toshkent mahallasi “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida tanlab olindi. Aholisi 2 580 nafar bo‘lgan ushbu mahallada 480 ta xonadon mavjud bo‘lib, u yerdagi fuqarolarning turmush tarzini yanada yengillashtirish, huquqiy madaniyatini oshirish maqsad qilingan.
Loyiha doirasida Adliya xodimlari uyma-uy yurib, aholining huquqiy holatini o‘rganishdi. Har bir xonadonga kirilib, fuqarolarning mavjud muammolari, savollariga javoblar berildi, shuningdek, bepul huquqiy maslahatlar taqdim etildi.
Shuningdek, tadbir davomida “Mening mahallamda jinoyatchilik bo‘lmaydi” dasturi doirasida profilaktik suhbat hamda tushuntirish ishlari olib borildi.