Янгиликлар
24
"Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida tushuntirish ishlari olib borildi
Sayxunobod tumani adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-son Farmoniga muvofiq, fuqarolarga bepul huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida Nurli yo‘l mahallasida "Huquqiy mahalla" loyihasi amalga oshirilmoqda.
Aksiya davomida mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan dolzarb muammolar, xususan ichimlik suvi tarmoqlariga ulanish tartibi, uy-joy huquqi, ijtimoiy himoya, yer munosabatlari va boshqa masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Tadbirda fuqarolarga mavjud muammolarni hal qilish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatilib, zarur hollarda tegishli idora va tashkilotlarga murojaat qilish bo‘yicha tavsiyalar ham berildi.