Янгиликлар
24
"Xodimlarning mehnat huquqlari" aksiyasi doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
"Xodimlarning mehnat huquqlari" huquqiy aksiyasi doirasida Yangiyer shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan 4-sonli umumta'lim maktabida o‘qituvchilar ishtirokida tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga mehnat qonunchiligi, xususan ayollar mehnat huquqlarini himoya qilishga qaratilgan me'yoriy hujjatlar, jumladan, mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilish tartibi, ish vaqti va dam olish vaqti, mehnat ta'tili, onalik ta'tili, ijtimoiy kafolatlar hamda teng mehnat sharoitlarini ta'minlash yuzasidan tushunchalar berildi.
Shuningdek, muloqotda ishtirokchilarning mehnat qonunchiligiga oid fikr-mulohazalari tinglandi, ularni mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga Markaz xodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi.