Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi uchun javobgarlik haqida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda


O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadida ko‘p bo‘lmagan miqdorda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda tarqatish 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ayniqsa yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida, Guliston tuman davlat xizmatlari markazida o‘rnatilgan monitorlar orqali mazkur jinoyat turining oqibatlari haqidagi videoroliklar namoyish etilmoqda.

Ushbu targ‘ibot ishlari aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va giyohvandlikka nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirishga qaratilgan.