Янгиликлар
23
Sardobada oilaviy ajrimlarning oldi olinmoqda
Sardoba tumanining chekka hududlaridan biri bo‘lgan Qõrgʻontepa mahallasida “Oilalarni mustahkamlashda ‘Oqila ayollar harakati’ning oʻrni” mavzusida forum tashkil etildi. Tadbirda oilaning muqaddasligi, uni mustahkamlashda onaning oqilaligi, otaning mas’uliyatli pozitsiyasi hamda farzand tarbiyasidagi muhim jihatlar muhokama qilindi.
Forum davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash va mustahkam oilani shakllantirishga doir chora-tadbirlar haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar oila – jamiyat tayanchi ekanini, undagi har bir a’zoning roli beqiyos ekani haqida fikr almashdilar.
Tadbir doirasida ajrim yoqasidagi oilalar bilan individual suhbatlar tashkil etilib, yarashtirish choralari ko‘rildi. Bu orqali oila mustahkamligini ta’minlash, ijtimoiy barqarorlikni saqlash va farzandlarning to‘laqonli tarbiyasini kafolatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom ettirildi.