Янгиликлар
23
Adliya xalq orasida: Huquqiy muammolar uyma-uy o'rganildi
“Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida Sardoba tumanidagi “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Kamoljon Xalikov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan fuqarolarning yashash sharoitlari va ularning huquqiy muammolari bevosita xonadonma-xonadon yurib o‘rganildi.
Tadbir davomida aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi, ularning og‘zaki va yozma murojaatlari qabul qilindi. Fuqarolarning asosan ijtimoiy himoya, bandlik, aliment undirish, mulk huquqini rasmiylashtirish, qarzdorlik masalalari, notarial xizmatlar va pensiya tayinlash bilan bog‘liq savollariga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, fuqarolarga “Huquqiy axborot kuni” doirasida qonunchilikdagi yangiliklar bo‘yicha ma’lumotlar yetkazildi. Bolalar huquqlari, oilaviy munosabatlar, mehnat huquqi va ma’muriy javobgarlik masalalari bo‘yicha maslahatlar berildi.