Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Mehnat huquqlari – kafolatlangan himoya


Xodimlarning mehnat huquqlarini ta’minlash, ularni huquqiy jihatdan himoya qilish va bu boradagi qonunchilikni keng targ‘ib etish maqsadida “Xodimlarning mehnat huquqlari” huquqiy aksiyasi doirasida Sardoba tuman adliya bo‘limi tomonidan navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur tadbir tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabida tashkil etilib, unda mehnat munosabatlarida xodimlarning asosiy huquqlari, ularni buzilishining oldini olish, shuningdek, nizoli holatlarni qonuniy yo‘l bilan hal etish mexanizmlari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Adliya xodimlari tomonidan Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berilib, xodimlar mehnat shartnomasining tuzilishi, bekor qilinishi, ish haqi va dam olish huquqlari borasida o‘z savollariga javob oldilar.

Yakunda ishtirokchilarga mavzuga oid targ‘ibot materiallari tarqatildi.