Янгиликлар
23
Sardoba tumanida davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasi atroflicha o‘rganildi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Kamoljon Xalikov rahbarligida Sardoba tumanidagi Davlat xizmatlari markazi faoliyati, aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasi holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida markaz tomonidan davlat xizmatlarining aholiga va tadbirkorlik sub’yektlariga ko‘rsatilishidagi amaliyot va joriy tartib tahlil qilindi. Shuningdek, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish imkoniyatlari, xodimlarning malakasi, xizmat ko‘rsatish madaniyatiga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Shu bilan birga, davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonini samarali tashkil etish va xizmat ko‘rsatishda shaffoflikni ta’minlash maqsadida tavsiya va uslubiy ko‘rsatmalar berildi.