Янгиликлар
22
Yosh nikohlanuvchilar uchun o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi
Yurtimizda azaldan oila muqaddas qo‘rg‘on sifatida e’zozlanib kelinadi. Inson qalbida ahillik, mehr-oqibat tuyg‘ulari, ilm-ma’rifatga muhabbat kabi yuksak qadriyatlar avvalo oila bag‘rida shakllanadi.
Shu ma’noda, jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lmish oilalarni mustahkamlash, yoshlarni nikohga va oilaviy hayotga puxta tayyorlash maqsadida Guliston shahridagi "Oila maskani"da navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Tadbirda Guliston shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi yetakchi mutaxassisi Z.Xamidova, FHDYning 2-toifali inspektori N.Sherkulova hamda Guliston davlat universiteti dotsenti Sh.Fayziyeva ishtirok etdi.
Mashg‘ulot davomida yoshlar uchun zamonaviy namunali oilani shakllantirish, mustahkam oila qurish, o‘zaro tushunish va mas’uliyat hissini mustahkamlash, shuningdek, oilalar o‘rtasida ajrimlarning oldini olish kabi muhim mavzular yuzasidan tushunchalar berildi.