Янгиликлар
21
ADLIYA MAHALLADA
"Adliya kuni" doirasida bugun viloyat adliya boshqarmasi va tuman adliya bo'limi mas'ullari tomonidan Sayxunobod tumanidagi Nurli yo'l mahallasida aholi bilan bevosita muloqot qilinib, ularning huquqiy muammolari o'rganildi.
Tadbir davomida Prezidentning PF-80 farmoni va PQ-1 qarori ijrosiga ham alohida e'tibor qaratilib, ushbu yo'nalishlarda adliya bo'limi tomonidan olib borilayotgan ishlarning ahvoli o'rganildi hamda bu borada zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.